news image.

Pulingizni boshqarish bo'yicha kitoblar to'plami

? Bugun biz sug'urta mavzusini biroz chetga surishga va pulingizni boshqarish bo'yicha kitoblar to'plamini siz bilan baham ko'rishga qaror qildik. Bu kitoblar orqali oilaviy byudjetni tuzishdan shaxsiy moliyaviy rejani shakllantirishgacha o'rganishingiz mumkin ? 


? "Mani ismli kuchuk yoki pul alifbosi" B. Shefer.

Bu kitob bolalar uchun ko'proq mo'ljallangan bo'ib, moliyaviy savodxonlik sirlarini ochib beradi va pulni tejamlashni o'rgatadi. Uning yordami bilan ota-onalar farzandlarini shaxsiy moliya mavzusi bilan tanishtirishga va yoshligidanoq ularning moliyaviy savodxonliklarini rivojlantirishga imkon topishadi.


? "Bobildagi eng boy odam" J. Kleyson.

Ushbu kitob moliyaviy muammolaringiz bo'lsa, siz uchun haqiqiy "davo" bo'ladi. Kitob sizga moliyaviy muammolarning ildizini topishga va haqiqiy moliyaviy muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Muallif tomonidan muhokama qilingan printsiplar universal va o'zgarmasdir.


? "Boy ota, kambag'al ota" R. Kiosaki.

Robert Kiyosaki o'zining boshidan kechirganlarini yozgan: nochor oilada tug'ilib, lekin boy otaning bergan maslahatlar unga kambag'al odamning dunyoqarashini yo'q qilishga va aql bovar qilmaydigan natijalarga erishishga yordam berdi.


? "Moliyaviy mustaqillikka erishish yo'li" B. Shefer.

Bodo Shefer o'zining hayotidagi misollarda moliyaviy mustaqillikning asosi - dastlabki kapitalni shakllantirishning eng muhim bosqichlari haqida yozadi.


? "Shaxsiy moliyaviy rejangizni qanday tuzish mumkin" V. Savenok.

Kitobda uzoq muddatli shaxsiy moliyaviy rejani mustaqil ravishda ishlab chiqish va unga rioya qilish haqida gap boradi.


Bu kitoblarni o'qiganmisiz? Shaxsiy moliya mavzusida qanday kitoblarni tavsiya qila olasiz? Izohlarda ulashing ?