O'zbekinvest sug'urta kompaniyasi 1994 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorida faoliyat yuritib kelmoqda. O'tgan davr mobaynida kompaniya uzoq yo'lni bosib o'tdi va bugungi kunda sug'urta xizmatlarini ko'rsatish sohasida yetakchi hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, eng yaxshi servisni ta'minlash va raqobatbardosh narxlarda sifatli sug'urta himoyasini ta'minlash kompaniyani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi. Barqaror ishlash va ishonchli sug'urta himoyasi tufayli kompaniyaning mijozlari soni yildan-yilga oshib bormoqda. Biz kompaniyamizning obro'siga katta e'tibor beramiz va uni saqlab qolish uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz.
O'zbekinvest kompaniyasi O'zbekiston moliya sektorida faoliyat yurituvchi va boshqaruv sifati va ko'rsatilayotgan xizmatlar xalqaro standartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat olgan birinchi kompaniya bo'lib, eng yuqori moliyaviy reytingga ega. So'nggi bir necha yil davomida kompaniyamiz sug'urta kompaniyalari reytingining yuqori satrlarini sug'urta mukofotlari miqdori bo'yicha barqaror ravishda egallab kelmoqda. Bugungi kunda O'zbekinvest kompaniyasi ikki yuzdan ortiq filialga ega bo'lib, ularning mijozlari O'zbekistonning barcha shaharlarida sug'urta polislariga ega bo'lishlari mumkin.
Sug'urta mahsulotining buyurtma shaklini navbat va qog'ozbozliklarsiz oson va tezkor onlayn to'ldirish imkonini beradi
Sug'urta kalkulyatori yordamida Siz o'zingizga sug'urtaning eng qulay va mos variantini tanlashingiz mumkin bo'ladi
Bizning xodimlarimiz bir ish kuni davomida Siz ko'rsatgan manzilga sug'urta polisini shaxsan olib borib berishadi
Biz Sizga majburiy va ixtiyoriy sug'urta mahsulotlarining keng ro'yxatini taklif qila olamiz. Bizning mutaxassislarimizga murojaat qilib, Siz mol-mulkingizni sug'urtalashingiz, tibbiy sug'urta yoki majburiy OSAGO polisini olshingiz, shuningdek, boshqa mavjud xavflarning keng ro'yxatidan o'zingiz va oilangizni himoya qilishingiz mumkin. Kompaniyamiz jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlaydi. Sug'urta hodisasi yuz berganda, to'lovlar eng qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi, bu bizning mijozlarimizga baxtsiz hodisa oqibatlarini yanada osonroq o'tkazish imkonini beradi.
Bundan tashqari, kompaniyamiz mutaxassislari mijozlarga haftada 7 kun, 24 soat davomida axborot yordamini taqdim etadilar. Bu Sizga xodimlarimiz bilan telefon orqali istalgan vaqtda muloqot qilish va muayyan turdagi sug'urta qanday ishlashini bilish hamda Sizni qiziqtirgan boshqa savollarga javob olish imkonini beradi.
Kompaniyamiz maqsadlari O'zbekiston sug'urta bozorining chakana va korporativ sektorlarida o'z mavqeini yanada oshirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ichki va xalqaro bozor talablariga mos keladigan zamonaviy sug'urta texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bizning asosiy vazifalarimizdan biri deb hisoblaymiz. O'zbekinvest kompaniyasi mutaxassislari tashkilotimizning ijobiy nufuzini yaratish borasida ko'p harakatlarni amalga oshirib, uni yanada yaxshilash ustida ishlashni davom ettirmoqdalar.