Pandemiya bilan bog'liq salbiy tendensiyalar, karantin chora-tadbirlari va dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida iqtisodiy o'sishning sekinlashishiga qaramasdan, O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va investitsiya faoliyatining o'sishi ta'minlandi.
Shu qatorda, 2020-yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi respublika hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini sug'urta himoyasi bilan ta'minlashda jadal o'sishni ta'minladi. Yil yakunlariga ko'ra 25,6 mlrd. so'm miqdorida sug'urta mukofotlari yig'ildi va bu ko’rsatkich 2019-yilning shu davriga nisbatan 2,9 barobarga o’sdi. Respublika bo'yicha imzolangan investitsiya loyihalarini sug'urtalash bo'yicha shartnomalar soni 3,7 baravar o’sib, 9 250 nafarni tashkil qildi.
"O'zbekinvest" kompaniyasi tomonidan 2020-yil davomida 17 ta investitsiya loyihalarini sug'urtalash shartnomalari bo'yicha 12,2 mlrd. so'm sug'urta tovonlari to’lab berildi.
“O’zbekinvest” yirik va o'rta biznes tuzilmalari va tashkilotlar uchun qurilish-montaj qaltisliklaridan, mol-mulk, javobgarlik, yuk, shuningdek, eksport shartnomalarini sug'urtasi bo’yicha zamonaviy va aktual sug'urta mahsulotlarini taklif qiladi.
2021-yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan zonalaridagi investitsiya loyihalarini sug'urta qilish doirasida kuchli va ishonchli hamkor sifatida o'z faoliyatini davom ettirishni maqsad qilib qo’ygan.