Fevral oyida "Layner" tog'-kon majmuasiga korporativ chiqish doirasida O'zbekinvest kompaniyasi xodimlariga "Insights aloqalar kamalagi" ? mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Xalqaro kompaniya tomonidan o'tkazilgan trening jamoamiz a'zolarining o'zaro va mijozlar bilan aloqalarini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratildi.
✅ Seminar-trening davomida shaxsiy qarashlarimiz muvaffaqiyatli muloqotning asosi ekanligi, atrofimizdagilarning va o'zimizning xatti-harakatlarimizni tahlil qilish asosida psixologik imtiyozlarni aniqlash, boshqa odamlar bilan muloqot qilishda ushbu ma'lumotlardan qanday foydalanish va jamoadagi inqiroz holatlarida nima qilish kerakligi tog'risida ma'lumotlar berilib o'tildi.
Bir kunlik seminar-trening yakunida xodimlarimiz nafaqat foydali nazariy ma'lumotlarga ega bo'lishdi, balki turli vazifalar va texnikalar yordamida yana ham munosabatlarini mustahkamlab, bir mexanizm ⚙️ kabi harakat qilishni o'rganishdi. Biz faoliyatimiz samaradorligini oshirish, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlarning va mijozlarga xizmat ko'rsatish darajasini yaxshilash maqsadida xodimlarimizning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun bunday treninglarni yana tashkil etishni rejalashtirganmiz.