news image.

2020-yilda "O'zbekinvest" kompaniyasi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi tashkilotlarni sug’urtalash hajmini 9 baravar oshirdi

 Jahon iqtisodiyoti uchun murakkab bo'lgan 2020-yilda, pandemiya va karantin choralari bilan bog'liq salbiy tendentsiyalarga qaramay, "O'zbekinvest" kompaniyasi tomonidan erkin industrial iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hududida sug'urta faoliyatining jadal rivojlanishini va biznesni sug’urtalash sohasida yig’ilgan sug’urta mukofotlar hajmini 2019-yilga nisbatan 9 baravar oshirib, 7,2 mlrd. so'm sug’urta mukofotlarini yig’ilishini ta'minladi.

"O'zbekinvest" kompaniyasi tomonidan 2020-yil davomida EIIZ va KSZ subyektlari faoliyatida ro’y bergan 5 ta sug'urta hodisasi bo'yicha 1,9 mlrd. so'm sug'urta tovonlarini to’lab berildi.

2021-yilda “O’zbekinvest” erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalardagi tashkilotlar bilan faol ishlarni davom ettirishni, shu bilan birga ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqgan holda yangi sug'urta mahsulotlarini ishlab chiqishni, eksportchilar uchun kompleks sug'urta xizmatlarini ko'rsatishni rejalashtirgan.


Tunu-kunlik qo'ng'iroqlar markazi: (+998) 71−207−60−00.

Sug'urta xizmatlari onlayn: insurance.uz

Facebook: fb.com/Uzbekinvest

Instagram: @uzbekinvest_

Telegram: t.me/uzbekinvestnic

YouTube: youtube.com/channel

«Yandex.Musiqa»: music.yandex.ru/album