Joriy yilning 18-fevral kuni "A.M. Best" xalqaro reyting agentligi (AQSh) "O'zbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi aktsiyadorlik jamiyatiga kredit reytingi berilganligini rasmiy e'lon qildi.
"O'zbekinvest" milliy moliya bozoridagi "barqaror" prognozi bilan "bb" darajasidagi barqarorlik moliyaviy reytingiga ega bo'lgan birinchi kompaniya bo'ldi.
Shunday qilib, kompaniya O'zbekiston moliya sektorining barcha ishtirokchilari orasida xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan eng yuqori reyting sohibiga aylandi.
Agentlik tahlilchilarining ta'kidlashicha, kompaniyaning yuqori moliyaviy barqarorligi mavjud risklarni inobatga olingan holdagi yuqori kapitallashuv darajasi bilan ta'minlanadi. Kompaniya konservativ investisiya strategiyasiga amal qiladi, shu bilan birga kompaniya investisiyalari "AAA” darajasidagi eng yuqori kredit reytingiga ega bo'lgan obligasiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlarga joylashtirilgan.
Kompaniya profiliga berilgan baho rivojlanib borayotgan O'zbekiston sug'urta bozoridagi yuqori mavqei va qayta sug'urtalash vositalaridan keng foydalanishida o'z aksini topadi.
"A.M. Best" tomonidan "bb" darajasidagi xalqaro reytingning berilishi "O'zbekinvest" kompaniyasining kreditga layoqatliligining yuqori darajasi va risklarining past darajadaligidan dalolat beradi, xalqaro qayta sug'urta bozorlariga chiqish va eksport xizmatlari hajmini oshirishga, shuningdek, O'zbekiston bozoridagi operasiyalar spektrini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Tunu-kunlik qo'ng'iroqlar markazi: (+998) 71−207−60−00.
Sug'urta xizmatlari onlayn: insurance.uz
Facebook: fb.com/Uzbekinvest
Instagram: @uzbekinvest_
Telegram: t.me/uzbekinvestnic
YouTube: youtube.com/channel
«Yandex.Musiqa»: music.yandex.ru/album