COVID-19 pandemiyasi tufayli tibbiy maskalar uchun majburiy moda paydo bo'ldi ?: ularni taqib bozor qilish uchun boramiz, avtomobilda yuramiz, umuman olganda, deyarli hamma joyda kiyamiz. Niqoblarni tejash maqsadida, ko'pchilik ularni bir marta ishlatib, keyingi kunga olib qo’yadilar. Avtomobil haydovchilari esa niqoblarni orqani ko’rsatuvchi oynaga osib qo'yish odatini chiqarishdi. Bu odat xavfli odatligini esa ular hayoliga ham keltirishmaydi. Va gap faqatgina mikroblarda emas.
Yuz niqobi hajm jixatdan katta narsa. Agar siz uni orqani ko’rsatuvchi oynaga osib qo'ysangiz, u old oynaning anchagina qismini to'sadi va avtomobilni boshqarayotganda qinchiliklar tug’diradi ? Bundan tashqari niqob yo'lda tebranib, haydovchini chalg'itadi.
? Biroq, orqani ko’rsatuvchi oynaga har qanday osilgan jismga haydovchi o’rganib qoladi va miya osilgan narsalarni xavf sifatida qabul qilmaydi. Darhaqiqat, tibbiy niqob qanday xavf tug’dirishi mumkin? E’tiborni yo’qotgan haydovchi atrofida harakatlanayotgan piyoda, yosh bolalar, velosipedchi yoki boshqa avtoulovlarga ahamiyat bermasdan yo’lini davom ettiradi ? Haydovchi ularni ko’rganda esa juda kech bo'lishi mumkin.
❗️Shu sababli orqani ko’rsatuvchi oynaga tibbiy niqobni osib qo'ymaganingiz yaxshi. Shuningdek, uni o'yinchoqlar va xushbo’y hid tarqatuvchi jismlar bilan osib tashamang. Bularning barchasi hushyorlikni yo'qotadi. Bu esa foijalarga olib kelishi mumkin.