2021 yil 30 mayda kompaniyaning yosh xodimlari Urungach ko'liga tashrif buyurishdi. Yo'nalish bo'ylab sayohat ertalab soat 6 da boshlandi. Ushbu ko'l Toshkentdan 160 km uzoqlikda, Ugam-Chotqol milliy bog'i hududida, 1227 metr balandlikda joylashgan. Uyg'ur tilidan "Urungach" "engil nefrit" degan ma'noni anglatadi.
Tog' cho'qqisida "timbilding" ham bo'lib o'tdi, buning natijasida jamoa yanada birlashdi va xodimlar ham bir-birlarini yanada yakinroq bilishdi.
Vatanga muhabbat uning tarixi va tabiatini bilishdan boshlanadi. Muhtasham tog'lar, go'zal bog'lar, zumradli daryolar va ko'llar bo'ylab sayohat qilish qalbingizni o'z ona yurti uchun faxr-iftixorga to'ldiradi. Ular sizning ongingiz va dunyoqarashingizni o'zgartiradi.
Barcha sugʻurta polislarini onlayn tarzda saytimizda rasmiylashtiring: insurance.uz
Savollaringiz bormi? Qoʻngʻiroq qiling:
?71 207 60 00