news image.

"O'zbekinvest" kompaniyasi faoliyatidagi yangiliklar hokimlar e'tiboriga havola etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyundagi 02-PQ 1-9942 - sonli topshirig'iga muvofiq, 2021 yil 18 iyunda Vazirlar Mahkamasining 344-F sonli farmoyishi qabul qilindi.


Unga asosan, O'zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o'zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va kambag'allikni qisqartirish vazirligi tomonidan xizmatlar sohasi va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo'yicha o'quv seminarlarini tashkillashtirish va ushbu yo'nalishda "Yo'l xarita"sini ishlab chiqish rejalashtirildi.


Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida shu kunlarda o'tkazilayotgan o'quv-seminarida 102 nafar, ya'ni yurtimizning jami 28 ta shaharlari hamda Toshkent shahrining barcha mas'ul rahbarlari, jumladan shaharlar va tumanlar hokimlari, ularning moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari hamda investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo'yicha o'rinbosarlar, "O'zmilliybank" AJ filiali boshqaruvchilari, aholi bandligiga ko'maklashish markazlari rahbarlari ishtirok etmoqda.


O'quv-seminarda "O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasining sug'urta akademiyasi ijrochi direktori Baxrom Komilov "Sug'urta xizmatlarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari" mavzusida taqdimot qildi va kompaniyaning sug'urta mahsulotlari haqida ma'lumot berdi.


Seminar ishtirokchilari bilan sug'urta masalalarini muhokama qilish jarayonida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.


?71 207 60 00