Sug'urta sohasida franshiza sug'urta kompaniya tomonidan to'lamagan zararning bir qismidir. Uning miqdori oldindan belgilanadi va sug'urta shartnomasida belgilanadi.
Tasavvur qilaylik, Siz "O'zbekinvest"dagi avtomobilingiz uchun 100 million so'mlik KASKO sug'urta polisini (ixtiyoriy avto-sug'urtasi) sotib olishni xohlaysiz. Lekin polis narxi siz uchun qimmat bo'ldi. Sug'urta polisining narxini qanday kamaytirish mumkin? ??♂️
Buning uchun franshiza kerak. Sug'urta shartnomada yoziladi, agar zarar franshiza miqdoridan kamroq bo'lsa, sug'urtalovchi sizga zarar qoplab bermaydi. Misol uchun, shartnomada shartsiz franshiza miqdori 10 million, ya'ni zarar miqdori 10 million so'mdan oshsa, kompaniya sizga to'laydi.
Afzalligi:
➕ Sug'urta polisining narxi kamayadi, shuning uchun franshiza yordamida siz pulni tejashingiz mumkin
Kamchilik:
➖Sug'urta hodisasi yuz berganda kompensatsiya miqdori kamroq
❗️ Muhim: shartnomani imzolashdan oldin uni, ayniqsa franshiza borligiga, diqqat bilan o'rganing.