Keling, bir vaziyatni tasavvur qilamiz: mashinangizda hech kimga xalaqit qilmasdan ketyapsiz va birdaniga BUUM! Telefonidagi xabarlarni o'qish bilan ovora bo'lgan orqangizda ketayogtan avtoluv haydovchisi Sizga orqadan yetib oldi. Siz vaziyatni joyda hal qilishni tavsiya qildingiz, biroq aybdor shaxs bunga rozi bo’lmadi. Unda Siz YHXB xodimlarini chaqirishni va protokolni tuzishni taklif qildingiz, ammo keyin bilsangiz aybdor haydovchida fuqarolik javobgarligining majburiy sug'urta polisi yo’q. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?
Bu kabi vaziyatga tushib qolgan haydovchilar bilish kerak bo'lgan eng asosiy narsa: sizga zarar qoplab beriladi. Transport Vositalari Egalarining Fuqarolik Javobgarligini Majburiy Sug’urta Qilish Bo’yicha To’lovlarni Kafolatlash Jamg’armasi bunda sizga yordam beradi. Transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning kafolatli qoplanishini ta'minlash Jamg'armaning asosiy vazifalaridan biridir. Jamg’arma orqali zararni qoplash uchun nima qilish kerak:
- YHXB xodimlarini YTH joyiga chaqiring
- YHXB aybdor tomonni va yetkazilgan zarar miqdorini belgilaydi va ishni sudga yuboradi
- Sud o’z hukmni chiqaradi va aybdorni jabrlanuchining avtomobiliga yetkazilgan zararni qoplashi majburligini belgilaydi
- Siz aybdor haydovchi zararni qoplashni bosh tortayotganini bilganingiz uchun Jamg’armaga murojaat qilishingiz zarur.
Jamg'armaga barcha kerakli hujjatlar topshirilganidan keyin, jabrlanuvchiga 30 kun ichida sug’urta qoplamasi to'lab beriladi. Qoplama miqdori sud qaroriga muvofiq belgilanadi.
Aybdor tomon quvonishiga esa hali erta – Jamg’arma jabrlanuvchiga to’lab berilgan pulni aybdordan undirib oladi.
Bizning do'ston va professional sifatida sizga maslahatimiz: majburiy avtoulov sug'urtasi polisini rasmiylashtirishni unutmang va moliyaviy muammolar va bosh og'rig'idan yiroq bo’lasiz. Polisni uzaytirishni esa biz sizga albatta eslatamiz
Majburiy avtosug’urta onlayn: www.insurance.uz/products/osago
Jamg’arma sayti: www.tkj.uz/ru