Shu yilning 9-noyabr “O‘zbekinvest” EISK AJ bosh direktori R.Azimov tashkilotning faol yoshlari bilan uchrashdi. Suhbat muzokaralar stoli atrofida qizg‘in va samarali bo'lib o‘tdi.
Bosh direktor o‘z suhbatini tarixiy voqea – Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning qayta saylanishi va inauguratsiya marosimidagi nutqi haqida gapirish bilan boshladi. O‘zbekistonning yangi strategiyasi xususiylashtirishni kuchaytirish, hududlarda ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni bir-biridan ajratish va mamlakat hayotidagi boshqa o‘zgarishlarni o’z ichga qamrab oladi.
R.Azimov yoshlar bilan suhbatlashish muhimligini ta’kidladi, chunki ular o’z zamonining ko’zgusidir. Katta e’tibor har bir yosh avlodning kasbiy va insoniy fazilatlarini rivojlantirishga qaratildi. Yosh hodimlar ko‘proq tashabbus ko‘rsatishdan va xato qilishdan qo‘rqmasliklari kerakligiga alohida urg‘u berildi.
☎️ (71) 207-60-00