🔸 “Uzbekinvestdan har hafta suyunchi” aksiyasi har yili o‘tkazib kelinayotgan “Uzbekinvestdan suyunchi” keng ko‘lamli aksiyasining mantiqiy davomidir. Ushbu aksiyaning maqsadi kompaniyaning o'z mijozlarini sodiqligini saqlash bo'yicha ishini davom ettirishdir.
🟢 Aksiya qoidalariga ko‘ra, “Uzbekinvestdan xar hafta suyunchi” aksiyasi ishtirokchisi bo‘lish uchun Insurance.uz elektron platformasi orqali quyidagi turdagi polislarni rasmiylashtirish zarur:
- har qanday sug‘urta turi bo‘yicha kamida 50 ming so‘m miqdoridagi elektron polisini rasmiylashtirish;
- call-markazi (1160) orqali avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug'urta qilish KASKO (ixtiyoriy dastur bo'yicha) shartnomasini tuzish.
🎁 Har hafta kompaniya tomonidan xavfsizlik to'plamlari - Bluetooth AUX, smartfon ushlagichlari, termos, avtomobil changyutgichlari, shinalarni qoraytirsh moslamalari va avtomobil nasoslari o'ynaladi.
Aksiya muddati 2023-yil 1-iyundan 2023-yil 31-avgustgacha. G'oliblar random.org platformasi orqali tasodifiy tarzda tanlanadi. G‘oliblarni aniqlashning onlayn translyatsiyasi, shuningdek, aksiyaning borishi quyidagi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda yoritiladi:
🌐Сайт Facebook Instagram Telegram Aksiyada ishtirok etish uchun polisni rasmiylashtirish va aksiya shartlari bilan batafsil tanishish uchun quyidagi
havola orqali o’ting📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun 1160 raqamiga qo'ng'iroq qiling