news image.

Ayol haydovchilar - yomon haydovchilar degani emas

Afsuski, bizning vatandoshlarimiz orasida ayol haydovchilar erkak haydovchilarga qaraganda yo'lda katta xavf tug'diradi degan noto'g'ri stereotiplar mavjud. Ba'zi sug'urta kompaniyalari ba'zan ayol-avtomobil egalari uchun avtomobil sug'urtasi narxini ham oshirib qo'yishini kuzatish mumkin. Ammo raqamlar va statistika aksini isbotlaydi: eng dahshatli yo’l-transport hodisalari erkak aholi aybi bilan sodir bo'ladi.


✅ Milliy yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi (MYHXB) Qo'shma Shtatlar yo'llarida erkaklar ayollarga nisbatan ko’proq holatlarda quvib haydashini, va shuning natijasida ular tomondan nafaqat YTHni keltirib chiqarish ehtimoli ko'proqligini, balki tezlikni oshirish, qizil chiroqga o’tish va boshqa yo'l harakati qoidalarini qo’pol ravishda buzish holatlari ayollarga nisbatan ko’proqligini isbotlashdi. Umuman olganda, Amerika avtomobil uyushmasi ma'lumotlariga ko'ra, erkak haydovchilarni ayol haydovchilar bilan solishtirganda yo’l-transport hodisasi kelib chiqishida 77 foizga ko’proq holatlarda aybdor bo'lish ehtimoligini ko’rsatishgan.


? “Rosstat”ning 2019-yilning avgust oyidagi ma'lumotlariga ko'ra, erkaklar 11 005 (!) marta va ayollar esa 1772 marta yo'l-transport hodisasiga uchragan. Avtomobil boshqaruvchi ayollar sonining doimiy o'sishiga qaramasdan, ko'rsatkichlar ko'p yillar davomida deyarli o'zgarishsiz qolmoqda: ayollar erkaklarga qaraganda 8-10 marta kamroq halokatga uchrashadi.


Mamlakatimizda erkak haydovchilar va ayol haydovchilar ishtirokida sodir bo’lgan yo'l-transport hodisalari to’g’risida statistik ma’lumotlar mavjud emas. Biz esa, o'z navbatida, O’zbekiston uchun ham bu raqamlar G'arb va Shimoliy Osiyo mamlakatlari bilan taxminan bir xil ekanligiga ishonamiz.


“O'zbekinvest" jamoasi nomidan erkak haydovchilarni asossiz stereotiplarga ishonmasliklarini va yo'llardagi ayollarni hurmat qilishga chaqirib qolamiz.