Ob — havo bizga yana bir "syupriz" taqdim etdi: bir necha soat ichida oltin kuz oppoq qishiga aylandi. Ehtimol, romantik odamlar va bolakaylarga bunday ob-havoga juda ham xursand bo'lishgandir, ammo avtomobil egalari bunday kutilmagan hodisalarni yoqtirishmaydi. Yo'llar muz bilan qoplangan, qor tufayli avtomobil ichidan yo'lni ko'rish qiyinlashdi, uzun tirbandliklar paydo bo'ldi va eng yomoni YTH lar soni oshdi. Bunday ob-havo sharoitida avtomobilni qanday boshqarish kerak? "O'zbekinvest"dan yo'llar muz bilan qoplanganda qanday haydash kerakligi haqida beshta maslahat.
Birinchi: Faralarni tozalang
Chiqishdan oldin, mashinaning hamma oynalarini qordan tozalash kerak. Bundan tashqari, kapot va tom qismini ham tozalashni unutmaslik lozim. Haydovchilar keskin tormoz berishganida, avtomobil tomidan qor tushib, oynani to'sib qo'yishi sababli yo'l-transport hodisalari yuzaga kelgan holatlar mavjud. Bundan tashqari, tumanga qarshi faralarni ham astoydil tozalash muhimdir, chunki ular qor yo'gayotganda juda ham kerak bo'lishadi.
Ikkinchi: Rulga to'g'ri o'tiring
Mashinani bir qo'l bilan aslo boshqarmang. Bunda, haydovchi favqulodda vaziyatda to'g'ri harakat qilish imkoniyati keskin pasayib ketadi. Ikkala qo'lingiz ham rul ustida mustahkam turishi kerak. Muzlagan yo'lda harakatlanayotganda, bosh barmoqlarni rulning chetiga qo'yish kerak: bunda yo'lni yaxshiroq his qilasiz. Rulgacha bo'lgan masofangiz ham optimal bo'lishi lozim: o'rindiqa suyangan holda, erkin ravishda kaftlarni rul ustiga qo'yish kerak.
Uchinchi: Haydash uslubini o'zgartirish
Muzlagan yo'l ustida yurgan odam yiqilib tushmaslik uchun odatda keskin harakatlar qilmaydi. Avtomobilni ham muz qoplagan yo'lda boshqarish piyoda yurish bilan bir xil: past tezlikda burilish, avtomobilni baland tezlikda boshqarmaslik, sekin tormozlanish va hokazo.
To'rtinchi: masofani nazorat qiling va ehtiyotkorlik bilan sekinlashing
Yo'lning eng sirpanchiq qismi, bu odatda, mashinalar to'xtamoqchi bo'lgan qismlar: chorrahalar, piyodalar o'tish joylari, to'xtash joylari. Bunday joylarga yaqinlashayotganingizda oldindan sekinlashishingiz kerak. Bundan tashqari, nafaqat oldingizdagi, balki orqangizdagi avtomobil bilan ham masofani doimo saqlashingiz va nazorat qilishingiz kerak.
Muzlagan yo'lda, qisqa intervallar bilan tormozlanish samarali hisoblanadi. Hech qanday vaziyatlarda bir vaqtning o'zida tormoz pedalini bosish va rulni aylantirish mumkin emas. Chunki bunday tormozlanishda old g'ildiraklar harakat yo'nalishini o'zgartirmaydi. Agar yo'lning chekkasida muz erigan qismi bo'lsa, shu qismga keskin o'tib olishingizni tavsiya qilamiz: bunda tormozlanish samaradorligi bir yarim barobarga o'sadi.
Beshinchi: Avtomobil harakatini doimo nazorat qiling
Avtomobil boshqaruvini yo'qotish ikki xil bo'ladi: mashina burilmay qolishi (oldingi o'qning sirpanib ketishi) va avtomobil aylanib ketishi. Old o'q sirpanib ketganida rulning burilish burchagini bir oz kamaytirish va yana o'sha tomonga sekin burish kerak. Gaz pedalini qo'yvorsangiz yoki tezlikni tushirsangiz, avtomobil korpusi oldinga egiladi, old g'ildiraklar yerga kuchliroq bosiladi va avtoulov yaxshiroq tormozlanadi. Avtomobil aylanib ketsa, eng muhimi, rulni aylanish tomonga burish. Agar mashinaning siljituvchi g'ildiraklari orqada bo'lsa, sekinlashishingiz kerak. Agar old g'ildirakda bo'lsa, aksincha gaz pedalini ko'proq bosib, tezlashish kerak.
Va yakunida, "O'zbekinvest" dan bonus "lifehack": o'zingizni moliyaviy himoyalang va KASKO avtomobil sug'urtasini rasmiylashtirib qo'ying.
KASKO avtomobilingizni turli xavf-xatarlardan, shu jumladan tabiy ofatlar va muzlagan yo'llardan himoyani ta'minlaydi. KASKO bo'yicha sug'urta qoplamasi ikki kun ichida to'lab beriladi. Bundan tashqari siz bepul taksi, evakuator va "xushyor haydovchi" xizmatlaridan bepul foydalashingiz mumkin. Avarkomlarimiz esa sizga issiqina qahva damlab berishadi.
KASKO sug'urtasini web saytimizda rasmiylashtiring: https://insurance.uz/products/my-life