news image.

Dam olishga ketganingizda xonadoningizni qanday himoya qilish mumkinligi haqida 8 ta maslahat

❄️ Qishki ta'til bu sayohat uchun eng ideal mavsumlardan biri hisoblanadi. Kimdir yurtimizning tog' hududlariga, kimdir chet-el mamlakatlariga dam olishga boradi. Ba'zan tayyorgarlik bilan bog'liq muammolar tufayli uyimiz uchun himoya choralarini ko'rishni unutishimiz mumkin. Bugun sizga dam olishga ketganingizda xonadoningizni qanday himoya qilish mumkinligi haqida 8 ta maslahat tayyorladik:


✅ 1. Uy gullariga g'amxo'rlik qiling

Ketishingizdan oldin gullarga suv quyishni va ularni quyosh nurlari tushadigan joylarga qo'yib ketishni unutmang. Agar uzoq safar rejalashtirilgan bo'lsa, o'simliklaringizga qarab turishni yaqinlaringizdan iltimos qiling.

✅ 2. Uyni tozalaymiz

Barchangiz bilasiz, toza va osoyishta uyga uzoq safardab qaytib kelish doimo yoqimli.

✅ 3. Muzlatgichni tozalang

Safar davomida yaroqlilik muddati tugaydigan mahsulotlardan muzlatgichni bo'shatganingiz ma'qul. Chungi uyga qaytganingizdan so'ng muzlatgichni yoqimsiz hiddan tozalash kerak bo'lishi mumkin.

✅ 4. Uy hayvonlari haqida unutmang

Hayvonlarni uyda hatto qisqa vaqtga yolg'iz qoldirish ham yaxshi g'oya emas. Yaqinlaringizni yoki do'stlaringizni ulardan xabar olishni va ularga ovqat berib turishni so'rang.

✅ 5. Derazalarni yoping

Uyni shamollatish - juda ham foydali va yaxshi bo'lsada, biz sizga xavfsizlik uchun derazalarni to'liq yopishni tavsiya etamiz.

✅ 6. Elektr jihozlarini o'chiring

Barcha elektr jihozlarini, ayniqsa, isitish vositalarini o'chirishni unutmang. Faqat uzluksiz quvvatni talab qiladigan qurilmalarni qoldirish kerak.

✅ 7. Yaqinlaringizga uy kalitini qoldiring

Favqulodda vaziyatlarda yordam berish uchun ishonchli yaqinlaringizga uy kalitini albatta qoldiring.

✅ 8. Uyingizni sug'urtalang 

Uy yoki kvartira uchun sug'urta polisi xonadoningizni yong'in, portlash, o'g'irlik, suv toshqini va boshqa tez-tez uchrab turadigan qaltisliklardan ishonchli sug'urta himoyasini ta'minlaydi. Mol-mulkka zarar yetkazilganda, bu zararlarni tiklash uchun sizga 200 million so'mgacha qoplama kompaniyamiz tomonidan to'lab beriladi. Uy-joylarni sug'urta qilish polisi narxi juda ham maqbul - yiliga 14 ming so'mdan.

? Uy-joy va kvartiralarning sug'urta polisini bizning saytimizda rasmiylashtiring!

Hamda, polisni bizning Uzbekinvest mobil ilovamiz orqali ham rasmiylashtiringiz mumkin.


Endi uyingiz ishonchli himoya ostida. Oq yo'l!