news image.

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni!

Aziz yurtdoshlar, harbiylar, otalar, aka va ukalar


"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasi nomidan bugun sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etamiz.  Barchangizga Vatanimizni tinchligi yo'lida tunu-kun tinim bilmay, xalqimizni, farzandlarimizni himoya qilib kelayotganingiz uchun minnatdormiz. Sizlar borsizki, yurtimizda osoyishtalik, osmonimiz musaffo, tunlarimiz orom, kunduzlari esa xotirjammiz.


Ushbu ulug' bayramda harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlarini, hamda otalarimizni, aka va ukalarimizni chin yurakdan tabriklab qolamiz!