Uzbekinvest logo.
Lotin.Uz
Sugʻurta imkoniyatlarini tanlang
Tanlash

”Oʻzbekinvest”da sayohat sugʻurtasini rasmiylashtirishning afzalliklari

“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi Oʻzbekistondan chet elga chiqayotgan sayyohlar uchun sugʻurta xizmatlarini taklif etadi. Biz mijozlarimizni qulay va manfaatli hamkorlik shartlari bilan ta’minlaymiz. Bizning sayohat tibbiy sugʻurtamiz keng koʻlamdagi sugʻurta hodisalarini qamrab oladi. Onlayn roʻyxatdan oʻtish mijozlarimizga bir qator afzalliklarni taqdim etadi. Xizmat haqidagi batafsil ma’lumotni mazkur maqola bilan tanishish mobaynida bilib olishingiz mumkin. Shuningdek, bu erda xorijga sayohat qilish uchun tibbiy sugʻurtaning onlayn doʻkonimiz orqali rasmiylashtirishning qulay jihatlari sanab oʻtilgan.

Oʻzbekistonda sayohat sugʻurtasi: Insurance.uz saytidagi takliflar

Ushbu sahifada taqdim etilgan xizmat turi – turli sabablarga koʻra chet elga sayohat qilishni rejalashtirgan har qanday kishi uchun eng yaxshi tanlovdir. Bizning sayohat sugʻurta polisimiz oilaviy taʻtillar, xizmat safarlari, xorijga oʻqishga joʻnab ketish, sport tadbirlari va boshqa vaziyatlar uchun ishonchli va tejamkor echimdir. Ularni bitta umumiy xususiyat birlashtiradi – xorijiy mamlakatlarda tibbiy yordam olish borasidagi qiyinchilik.

“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasida sayohat sugʻurtasini rasmiylashtirish orqali Siz sayyohatga joʻnab ketishdan oldin va bevosita xorijda duch keladigan qator muammolardan xalos boʻlasiz. Birinchidan, biz ma’lumotnoma va hujjatlarni yigʻish boʻyicha bir qator byurokratik ishlarni amalga oshirishni oʻz zimmamizga olamiz. Ikkinchidan, chet elga chiqishda turli xil sugʻurta polislarini rasmiylashtirish shart emas – biz bilan tuzilgan kelishuv shartnomasi sugʻurtalanadigan hodisalarining butun majmuasini (baxtsiz hodisalar, jarohatlar, kasalliklar va boshqalar) qamrab oladi.

Oʻzbekistonda sayyohlik sugʻurtasining yana bir xususiyati – xorijdagi mijozlarga har tomonlama yordam koʻrsatishdir. Zaruriyat tugʻilganida doim konsultantimiz bilan bogʻlanishingiz mumkin. Vaziyatni oʻrgangan holda u eng maqbul echimni topishga koʻmaklashadi. Sayohat sugʻurtasi shartnomasi shartlariga koʻra, biz jabrlangan sayyohlarni eng yaxshi tibbiyot muassasalariga yoʻnaltiramiz, shuningdek, tibbiyotning u yoki bu sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarini tavsiya qilamiz.

Sayohat polisini afzalliklarini tasdiqlovchi oddiy misol sifatida tish sugʻurtirishni oladigan boʻlsak. Agar Toshkentda bu amaliyot oʻrtacha 100-150 ming soʻm tursa, Rossiyada buning uchun taxminan besh barobar, AQShda esa 30 barobar koʻproq pul toʻlaysiz! Biroq sayohat sugʻurtasi mavjud boʻlsa, bu xarajatlar “Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi tomonidan qoplanadi.

Shuni alohida ta’kidlab oʻtamizki, mijozlarimiz maqbul tariflar va xarajatlarni qoplaydigan summa miqdorini mustaqil ravishda tanlashlari mumkin. Bu har bir kishiga oʻz moliyaviy imkoniyatlariga mos keladigan sayohat sugʻurtasini tanlash imkonini beradi. Ushbu shartnoma shartlari, shuningdek, zararni qoplash shartlari va tartibi toʻgʻrisida batafsil Toshkent shahrida turistik sugʻurta polisini rasmiylashtirish jarayonida bevosita menejerimizdan bilib olishingiz mumkin.

Onlayn sayohat sugʻurtasining afzalliklari: nega Insurance.uz ni tanlashadi?

“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan onlayn sugʻurtalash sayti Oʻzbekistonda xorijga sayohat qilish uchun sayohat sugʻurtasini tez va qulay rasmiylashtirmoqchi boʻlganlar uchun eng yaxshi tanlovdir. Bizning xizmatlarimizga murojaat qilish orqali Siz bir qator afzalliklarga ega boʻlasiz, jumladan:

Bularning barchasi qulay va moslashuvchan foydalanuvchi interfeysi bilan uygʻunlashgan. Portalda Siz maxsus kalkulyator yordamida turli mamlakatlar uchun sayohat sugʻurtasi narxini tezda hisoblashingiz mumkin. Shuningdek, bu erda kompaniyaning boshqa mijozlari tomonidan qoldirilgan sharhlarni oʻqish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, sayt dizayni mobil qurilmalardan sayohat sugʻurta polislarini rasmiylashtirish imkonini beradi.

Amalda koʻrinib turibdiki, veb-saytimizda sayohat sugʻurtasini rasmiylashtirish tartibi 5 daqiqadan koʻp vaqtni olmaydi. Bu Sizga xorijga joʻnash bilan bogʻliq toʻlovlar va boshqa masalalarda ancha vaqtni tejash imkonini beradi.