AKSIYA! BYD Song Plus DM-i Chempionini yutib oling!
Va boshqa qimmatli SOVG'ALAR!

O'zbekinvestda KASKO rasmiylashtirishning afzalliklari

1
Hisoblang
2
Tekshirib ko'ring
3
Tasdiqlang
Yo'lovchi avtoulovi haqida ma'lumotni to'ldiring
+97
1 yil davomida

O'zbekistonda 'KASKO' sug'urtasi

KASKO - avtotransport vositalarining shikastlanishi yoki o'g'irlanishidan ixtiyoriy sug'urta turi. Bunday polis turli xil ko'ngilsiz hodisalar natijasida avtomobilga yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalashdan farqli o'laroq, KASKO avtoulov sug'urtasi shartnomasida avtomobil egasiga, yo'l-transport hodisasida u aybdor bo'lsa ham, to'lovlarni nazarda tutishi mumkin. Bundan tashqari, bunday sug'urta polisi yo'l-transport hodisalari bilan bog'liq bo'lmagan turli xil xavf-xatarlardan ham himoya qiladi.

Keng qamrovli KASKO sug'urtasi yong'in, portlash, ob'ektlarning ta'siri yoki tabiiy ofatdan zararni qoplaydi. Shuningdek, KASKO polisi avtoulov olib qochilgan, o'g'irlangan yoki to'liq yo'q qilingan taqdirda tovon puli to'lashni ham nazarda tutadi. Sug'urta hodisasi uchun to'lovlarning maksimal miqdori sug'urtalangan avtoulov sugu'rta summasidan va qiymatidan oshmasligi lozim. KASKO avtoulov sug'urta polisi narxi sug'urta tovonlari miqdoriga qarab farq qilishi mumkin.

KASKO polisining afzalliklari shubhasizdir, ushbu sug'urta turi avtomobil egasiga katta moliyaviy xarajatlarsiz avtomobilni ta'mirlash yoki zarar ko'rgan taqdirda uning qiymatini tiklashga imkon beradi. Keng qamrovli KASKO sug'urta shartnomasida avtomobil duch keladigan turli xil xatarlar hisobga olingan. Bunday polisni olish, ayniqsa, haydash tajribasi kam bo'lgan avtoulov egalari uchun foydali bo'ladi. Bundan tashqari, qimmatbaho mashina sotib olayotganda KASKO sug'urtasini olish juda o'rinli qadam bo'ladi. Ko'p hollarda avtoulov kreditini rasmiylashtirishda avtoulovlarni ixtiyoriy sug'urtalash polisi KASKO talab etiladi.

'O'zbekinvest' kompaniyasi 28 yildan ortiq vaqt davomida O'zbekistonda sug'urta xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida biz ishonchli biznes hamkor sifatida obro'ga ega bo'ldik va uni saqlab qolish uchun barcha sa'yi-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz. Bizning veb-saytimizda Siz sug'urta xizmatlari narxini hisoblashda yordam beradigan qulay kalkulyator yordamida uyingizdan chiqmasdan onlayn ravishda KASKO sug'urta polisini rasmiylashtirishingiz mumkin. Biz 'O'zbekinvest' da sug'urta hodisasi haqida arizalarni darhol ko'rib chiqamiz va talab qilingan paytdan boshlab 72 soat ichida sug'urta tovonini to'laymiz. Bundan tashqari, KASKO polisini rasmiylashtirgan holda Siz evakuator, taksi chaqirish, avtoulovni boshqarish uchun hushyor haydovchi xizmati va yo'lda kichik buzilishlar bo'lganida kecha-kunduz texnik yordam shaklida qo'shimcha xizmatlarga ega bo'lasiz.

Kontaktlar bo'limida Siz o'zingizni qiziqtirgan savollar bo'yicha xodimlarimizdan tushuntirishlar olishga yordam beradigan qayta aloqalar formasini va telefon raqamlarini topasiz. Barcha hujjatlarni rasmiylashtirgandan so'ng, biz polisni Siz ko'rsatgan manzilga bir ish kuni ichida etkazib beramiz.