Turli xavf-xatar natijasida koʻchmas mulkka etkazilgan zararni qoplab beramiz
Atigi 5 daqiqa ichida sugʻurta polisi narxini hisoblang va rasmiylashtiring
Elektron sugʻurta polisini istalgan vaqtda shaxsiy hisobingizdan yuklab olish mumkin
Toshkent shahrida kvartirani qulay sugʻurta qilmoqchimisiz? Kvartira, dala hovli yoki xususiy uy uchun qaerdan sugʻurta olishni qidiryapsizmi? Oʻzbekistonda koʻchmas mulk sugʻurtasi qanchaga tushishi bilan qiziqyapsizmi? Bunday vazifalarni tez va oson hal qilishda Insurance.uz internet doʻkoni yordam beradi. Toshkent shahridagi koʻchmas mulkni sugʻurtalash veb-saytimizda taqdim etilayotgan eng talabgir xizmatlarimizdan biridir. Biz mijozlarimizni qulay va manfaatli shart-sharoitlar bilan ta’minlaymiz. Oʻzbekistonda uy yoki kvartirani sugʻurta qilish boʻyicha taklifimiz keng miqyosdagi sugʻurta hodisalarini qamrab oladi. Xizmat haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi tahlilda tanishishingiz mumkin. Shu bilan birga, onlayn xizmatning muhim xususiyatlari va uning afzalliklari ham sanab oʻtilgan.
Ushbu sahifada taqdim etilayotgan xizmat sugʻurta hodisalarini qamrab oladi. Insurance.uz internet-doʻkoni orqali beriladigan uy-joy sugʻurtasi quyidagi holatlardan birida uy yoki kvartiraga etkazilgan zararni qoplash imkonini beradi:
Uy yoki kvartirani sugʻurta qilish taklifimiz yuqorida sanab oʻtilgan barcha hodisalarini qamrab oladi. Insurance.uz internet-doʻkoni xizmatlaridan foydalangan holda Siz Toshkent shahrida kvartirani suv toshqini, yongʻin, tabiiy ofat va yuqorida sanab oʻtilgan boshqa sugʻurta hodisalaridan sugʻurtalashga alohida buyurtma berish zaruratidan xalos boʻlasiz.
Xizmat boʻyicha kompensasiya toʻlash benefisiarning koʻchmas mulki (kvartira, uy, dala hovli) qisman shikastlangan yoki butkul nobud qilingan taqdirda amalga oshiriladi. Zarar uchun toʻlanadigan tovon miqdori tiklash xarajatlari miqdoriga muvofiq, lekin sugʻurta summasidan oshmagan holda belgilanadi. Bunday xarajatlarga ta’mirlash uchun zarur materiallarga ketadigan sarf-xarajat, ularni etkazib berish va ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish kiradi.
Shu bilan birga, barcha xaridlar va qurilish-ta’mirlash brigadasini tanlash majburiy tartibda sugʻurta kompaniyasining vakili bilan kelishilgan boʻlishi kerak. Sugʻurtalangan koʻchmas mulk butkul nobud boʻlgan taqdirda, benefisiar shartnomada koʻrsatilgan muqarrar sugʻurta summasining toʻliq miqdoriga ega boʻladi. Baʻzi hollarda kompensasiya toʻlash toʻgʻrisidagi qaror sud qaroriga bogʻliq. Bular asosan, uchinchi shaxslar aybdor boʻlgan va zararni qoplash masʻuliyati ularning boʻyniga yuklatiladigan holatlar hisoblanadi.
“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Insurance.uz sayti Toshkent yoki Oʻzbekistonning boshqa shaharlaridagi turar-joy koʻchmas mulkini tez va qulay sugʻurta qilishni xohlovchilar uchun eng yaxshi tanlovdir. Bizning xizmatlarimizga murojaat qilish orqali mijozlar bir qator imtiyozlarga ega boʻladilar, xususan:
Bularning barchasi qulay foydalanuvchi interfeysi bilan uygʻunlashgan. Bu erda Siz kvartira yoki uy sugʻurtasi narxi va xarajatlarni maxsus kalkulyator yordamida tezda hisoblashingiz mumkin. Bundan tashqari, sayt dizayni mobil telefonlar va planshetlardan koʻchmas mulk sugʻurta polislarini rasmiylashtirish imkonini beradi.
Vaqtni tejash, Oʻzbekistonda uy-joy va kvartiralarni sugʻurtalash bozori uchun xizmatlarga eng quyi narxlar, xizmatlarning maqbul tarif paketini tanlash – minglab mijozlar xizmatimizning shu va boshqa imkoniyatlariga allaqachon baho berishgan. Ushbu sahifadagi kalkulyator yordamida polis narxini hisoblab, darhol tayyor hujjatni yuklab olishingiz mumkin.