Narxini bilish uchun sugʻurta polisi ma’lumotlarini kiriting
Sugʻurta summasini tanlang

“O‘zbekinvest”da mobil qurilmalarni sug‘urtalash polisini rasmiylashtirish afzalliklari

  • Moliyaviy himoyaMoliyaviy himoya

    Sug‘urtalangan mobil qurilmalarning shikastlanishi yoki to‘liq yo‘q bo‘lishi natijasida yetkazilgan zararlarni qoplab beramiz

  • 20% Cashback20% Cashback

    Sugʻurta mukofoti toʻlovini “Click” toʻlov tizimi orqali amalga oshiring va “Cashback”ga ega boʻling

  • Ofisga bormasdan turib hisob-kitob qilishOfisga bormasdan turib hisob-kitob qilish

    Atigi 5 daqiqa ichida sugʻurta polisi narxini hisoblang va rasmiylashtiring

Sug‘urta hodisasi deb sug‘urta polisini amal qilish davrida sug‘urta polisida keltirilgan sug‘urtalangan mobil qurilmalarning jismoniy shikastlanishi yoki to‘liq yo‘q bo‘lishi natijasida foydalanishga yaroqsiz holga kelishi hisoblanadi.

Sug‘urtalangan mobil qurilmalar bilan sug‘urta hodisasi yuz berganda, sug‘urta qildiruvchi sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risidagi ariza bilan bir qatorda quyidagilarga majburdir:

  1. quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
    • sug‘urta polisining asli yoki elektron shakli;
    • sug‘urta hodisasini ko‘rib chiqish uchun ariza (polisga ilova);
    • shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
    • mobil qurilmaga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (mobil qurilma pasporti);
    • sug‘urtalangan mobil qurilmaga jismoniy shikastlanishning fotosurati.
  2. shikastlangan mobil qurilmani ko‘rsatish.

Sug‘urta tovoni sug‘urta polisida ko‘rsatilgan sug‘urta summasi chegarasida to‘lanadi. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi dalolatnoma tomonlar tomonidan imzolangan kundan e’tiboran 15 (o‘n besh) kun ichida sug‘urta qildiruvchining bank hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanadi.