Uzbekinvest logo.
Lotin.Uz
Narxini bilish uchun sugʻurta polisi ma’lumotlarini kiriting
1000000

“Oʻzbekinvest”da TVEFJIS (DSAGO) ni rasmiylashtirishning afzalliklari

Oʻzbekistonda haydovchilarning javobgarligini ixtiyoriy sugʻurta qilish

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan taqdirda, voqea sodir boʻlishida aybdor boʻlgan transport vositasining egasi jabrlangan shaxslarning sogʻligʻiga va / yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda ushbu zararni qoplab berishga majburdir. Amaldagi qoidalarga koʻra, bunday toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida har bir haydovchi fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish polisini rasmiylashtirishi shart. Biroq, katta miqdordagi zarar yetkazilgan vaziyatda, TVEFJMS (OSAGO) polisi boʻyicha toʻlovlar maʻlum bir chegaradan oshadigan miqdorni toʻlashga har doim ham qodir emas. Bunday holda, transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash boʻyicha ixtiyoriy sugʻurta polisi TVEFJIS (DSAGO) mavjudligi sugʻurtalanuvchini koʻplab qiyinchiliklardan xalos qilishi mumkin.

Fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy sugʻurta qilish sugʻurtalanuvchiga uchinchi shaxslarga etkazilgan zararni qoplash imkoniyatlarini yanada kengaytirishga yordam beradi. Ushbu turdagi polisni rasmiylashtirishda sugʻurtalanuvchi oʻz imkoniyatlari va moliyaviy holatidan kelib chiqqan xolda sugʻurta limitlarini mustaqil belgilashi mumkin. Tajribasiz haydovchilar uchun javobgarlikini ixtiyoriy sugʻurtalash muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu toifadagi avtomobil egalari avtohalokat aybdoriga aylanib qolishlari ehtimoli yuqori.

Avtomobil zarar koʻrgan yoʻl-transport hodisasi yuz berganda, TVEFJMS (OSAGO) sugʻurta polisi boʻyicha toʻlovlar har doim zararni toʻliq qoplay olmaydi. TVEFJIS (DSAGO) sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi uchun toʻlanadigan kompensasiya uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlikni qoplaydi va avtomobil egasiga ertangi kunga ishonchni ta’minlaydi.

TVEFJIS (DSAGO) avto sugʻurtasini rasmiylashtirishda quyidagilar "sugʻurta hodisasi" taʻrifiga kiradi:

Oʻzbekistonda haydovchining fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy sugʻurtalashda bir vaqtning avtomobilni tiklash va inshootlarga toʻlovlar koʻzda tutilish mumkin.

Fuqarolik javobgarligini ixtiyoriy sugʻurta qilish: “Oʻzbekinvest”ning afzalliklari

“Oʻzbekinvest” sugʻurta kompaniyasi 30 yildan beri doimiy ravishda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va rivojlantirish boʻyicha ish olib bormoqda. Bizning mutaxassislarimiz yuqori malakaga ega va sugʻurta polisi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni malakali va tezkor ravishda rasmiylashtrishga qodir. Kompaniyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri bu bizning sugʻurta mahsulotlarimizni Internet orqali sotib olish imkonini beradigan onlayn savdolarni joriy qilishdir.