news image.

Корпоратив мижозлар билан ишлаш департаменти Бош менежериЛавозим мажбуриятлари:• Департамент фаолиятига умумий раҳбарликни амалга ошириш (ишни ташкил этиш, назорат қилиш);• Департаментга юкланган вазифалар ва функцияларни бажарилишини таъминлаш;• Суғуртага олинаётган объектларни (қалтисликларини) андеррайтингини амалга ошириш;• Корпоратив мижозлар билан тузилаётган суғурта шартномаларини қонунчиликка ҳамда Компаниянинг ички тартиб қоидалари ва низомларига асосан расмийлаштирилишини таъминлаш;• Корпоратив мижозлар бўйича ўрнатилган прогноз кўрсаткичларини бажарилишини таъминлаш;• Потенциал мижозларни қидириш ва суғурта мукофотлари тушумини таъминлаш;Талаблар:• Иқтисодиёт ва молия соҳасида олий маълумот• Комьпютер саводхонлигини билиш;• Таҳлилий маълумот ва ҳисоботларни тайёрлаш;• Рус, ўзбек тилларини билиш;• Суғурта ва молия соҳасида ҳамда бошқарув тизимида камида 2 йиллик иш тажрибаси.Шартлар:• Иш тартиби: - Иш вақти: 9.00-18.00;- Дам олиш кунлари: шанба, якшанба.• иш ҳақи + мукофот• Компания ҳисобидан ўқитиш (семинарлар, тренинглар, курслар)Бўш иш ўринларига ариза беришдан олдин, талабларни диққат билан ўқиб чиқишингизни сўраймиз, агарда юқоридаги маълумотлар сизни қониқтирса, биз сизни кутамиз.

Подробнее
news image.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.Qaror maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, qabo‘l qilinmoqda.Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan va u quyidagilarni nazarda tutadi:maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;maktabgacha ta'limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini ta'minlash;maktabgacha ta'lim tizimiga maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta'minlash;Shungingdek, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»;2019–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari;2025–2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan.O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi har yili 1 dekabrga qadar o‘tayotgan yilning «Yo‘l xaritasi» bajarilishi yakunlarini batafsil o‘rganish asosida keyingi yil uchun «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, «Yo‘l xaritalari»ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.

Подробнее